Mashhurlar
“O‘ynab maza qilaman, odamlarning gapiga e’tibor bermayman” — Nargiza Azimova
Xonanda Nargiza Azimova “Milliy” telekanalining “M Kokteyl” ko‘rsatuviga bergan intervyusida oilasi, nimaga doim qizil kiyimda yurishi, ijtimoiy tarmoqlardagi videolariga tanqidiy qarashsa, qanday munosabat bildirishini so‘zlab berdi. “Daryo” nashri ushbu suhbatning matnli ko‘rinishga taqdim etmoqda.
“Ota-onam qishloqdan chiqqanimni yodimda saqlashim kerakligini aytgan”
Qizil libosda yurganimga 25 yil bo‘ldi. Hamma liboslarim qizil rangda, o‘zim ham qizil rangni yaxshi ko‘raman. Ota-onamga hech qachon o‘zgarmayman, deb sahnaga chiqqanman. Balki keyinroq boshqa rangdagi liboslarni kiyarman. Oyim ham: “Qariganingda qip-qizil kiyinib yurmaysan-ku”, — deb gapiradilar. Savol berishsa, o‘sha kun yodimga tushadi. Hech qachon o‘zgarmayman, borib ijod qilishimga ruxsat beringlar deb so‘raganman. Ota-onam qishloqdan chiqqanimni yodimda saqlashim kerakligini aytgan. Oyim: “Boshqa rangdagi liboslarni kiy, biz sendan rozimiz, nevaralaring bor, hayotni achchiq-chuchugini ko‘rding, o‘zing bilganingdek yasha”, — deydi. Hozir o‘zgarish xayolimda ham yo‘q.
“Qayerga borsam hamma yosh ko‘rinasiz deyishadi, nevaralarim borligiga ishonishmaydi”
O‘rtacha sharoitdagi oilada katta bo‘lganman. Nima topsam doim ota-onamga ilinganman. Nima qilsam, xalq meni yaxshi ko‘rsin deganman. Xizmatga borganimda ham ota-onamga bergan va’damni yodda saqlaganman. Har kuni ertalab ota-onamdan duo olaman. Qayerga borsam hamma yosh ko‘rinasiz deyishadi, nevaralarim borligiga ishonishmaydi. Katta nevaram to‘rt yoshda, qizim Surxondaryoga kelin bo‘lgan. Ikkinchi nevaram ikki yosh, o‘g‘limning farzandi esa bir yarim yosh.
O‘g‘lim maqomlarni mendan ham chiroyli ijro qiladi. Onam san’atga qiziqqan. Onamning armonlari ba’zi qo‘shiqlarimda yashiringan.
Ota-onam ham sahnaga chiqqanimda boshqa insonni ko‘rganidan hayron bo‘lishini aytgan. Sahnaga chiqqanimda hamma narsani esimdan chiqaraman. Juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘lgan. Sahnaga chiqqandan keyin maqsadim xalqning ko‘nglini olish bo‘ladi. Sahnadan tushgandan keyin sipo Nargizaga aylanaman.
“Sahnaga chiqqanimda butunlay boshqacha insonga o‘xshab qolaman”
Ukalarim va o‘g‘illarim menga salbiy izoh yozishganini ko‘rib kulishadi. Men indamanglar, deyman. Ular yaxshi ko‘rganidan shunday yozadi, balki meni qizg‘onar. Har doim o‘zimni xursand qilishga harakat qilaman. Dunyomda maza qilib yashayman.
Avval ko‘pincha maqom yo‘nalishida qo‘shiq aytar edim. Lekin sho‘x, xorazmcha qo‘shiqlarni aytsam, maza qilaman. Avval ham o‘ynar edim, faqat ijtimoiy tarmoqlar rivojlanmagani uchun xalqqa yetib bormagan. Sahnaga chiqqanimda butunlay boshqacha insonga o‘xshab qolaman. Xalqdan zavqlanaman, to‘yga borgan ayrim insonlar ham yuragida tashvish bilan keladi, ularni raqsga taklif qilaman.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi