Islom

Namozda bilmasdan xato qilib qo‘ysam, nima qilishim kerak?

photo 1375
Foto: SocialGrep

Loading

Savol: Sunnat namozlarda bilmasdan xato qilib qo‘ysam nima qilishim kerak?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bilmasdan xato qilish asosan, uch xil ko‘rinishda bo‘ladi:

1. Namozning sunnat va mustahablarini tark qilish. Bilmasdan namozning sunnat va mustahablarini tark qilsa va shu bilan namozni tugatsa, bu namoz durust. Uni qayta o‘qilmaydi.

2. Namozning vojiblarini tark qilish, yoki o‘rnini almashtirish, yoki kechiktirish. Namozni rukn (farzlari)ni takroriy qilish. Namozda unutib bu kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, bu xatoni namozning oxirida sajdai sahv bilan to‘g‘rilaydi va namozni qayta o‘qimaydi. Agar namozni sajdai sahv qilmay tugatsa yoki namozning vojiblaridan birini qasddan tark qilsa, namozni qayta o‘qiydi.

3. Namozning farzlarini tark qilish. Bilmasdan namozning farzlaridan birortasini tark qilsa bu namoz durust bo‘lmaydi. Uni qayta o‘qib olinadi. Bu masalani yanada yaxshi bilib olish uchun namozning farzlari, vojiblari va sunnatlarini hamda sajdai sahv masalasini o‘qib-o‘rganish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.