Mashhurlar
Kaniza axloqsiz videolari sabab, litsenziyadan mahrum etildi
Xonanda Kaniza ijtimoiy tarmoqlardagi axloqsiz videolari uchun litsenziyasidan bir oyga mahrum bo‘ldi. Bu haqda madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov “Daryo” nashri muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
— Kengash a’zolari bir ovozdan Kaniza Ahmedovani litsenziyadan mahrum qilish qarorini ma’qullashdi. Unga jiddiy ogohlantirish berildi. Agar bir oy davomida tartibga tushsa, litzenziya uchun qayta ariza tashlashi mumkin. Ochig‘ini aytaman, bu qiz nega bunday qilganiga hayronman. Bunday narsalar unga nimaga kerak? Aqli raso, o‘ziga yarasha ongi bor, oliy ma’lumotli inson. Bir oy ichida xatolarni to‘g‘rilasa, to‘g‘riladi — bo‘lmasa, yanada jiddiy chora ko‘riladi. Kaniza Ahmedovaga qo‘llanayotgan choralardan boshqa san’atkorlar ham o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olsa, yaxshi bo‘lardi, — deydi vazir o‘rinbosari Bahodir Ahmedov.
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Kanizaning to‘y xizmatida kuylayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu videolardagi xonandaning xatti-harakati va kiyimi internet foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi. Xonanda ushbu tanqidlarga javob berar ekan, odamlarni aqlsizlikda ayblagan edi.
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Kanizaning to‘y xizmatida kuylayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu videolardagi xonandaning hatti-harakati va kiyimi internet foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi.
Xonanda ushbu tanqidlarga javob berar ekan, odamlarni aqlsizlikda ayblagan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi