Buxoro yangiliklari

Superligaga qaytgan “Buxoro” PFK taqdimot o‘tkazdi

photo 1380
Foto: Jahongir Fozilov

Loading

2 yillik tanaffusdan so‘ng viloyatning “Buxoro” futbol jamoasi yana superligaga qaytdi. Shu munosabat bilan bugun, 25-fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida 2023-yil futbol mavsumiga start olayotgan “Buxoro” PFK tarkibidagi futbolchilarni jamoatchilika tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Muxlisu-mutaxasssislar, klub murabbiylari hamda viloyat mas’ullari yig‘ilgan marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari Mirali Hamroyev so‘z olib, jamoaning o‘tgan yilgi mavsumda ko‘rsatgan chiroyli va murosasiz o‘yinlari, klubning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish borasida olib borilgan sa’y-harakat, markaziy o‘yingohning qayta ta’mirlangan maydoni va yangi chim bilan qoplangani, asosiysi, viloyatning bosh jamoasi “Buxoro” professional futbol klubi 2 yillik tanaffusdang so‘ng yana superligaga qaytganini alohida ta’kidladi.

photo 02 421

Bu yil jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar xususida so‘z borarkan, o‘zining 34 yillik shonli tarixiga ega bo‘lgan “Buxoro” klubining avvalgi shuhratini tiklash, o‘z davrida oliy liga “shohsupasi” da faqat sovrinli o‘rinlar uchun kurashgan jamoaning mavqeini ko‘tarish, muxlislarini xursand qilish uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barcha chora-tadbir ko‘rilishi aytildi.

Shu maqsadlar yo‘lida 2022-yili “Buxoro” ni superligaga olib chiqqan tajribali murabbiy Hakim Fuzaylovga katta ishonch bildirilmoqda. Bundan tashqari, jamoa tarkibi yangi ligionerlar va qator yosh iste’dod egalari bilan to‘ldirildi. “Buxoro” tarkibiga mavsum oralig‘ida himoyachilar Ixtiyor Toshpo‘latov, Farrux Ibragimov, Abbos Otaxonov, yarim himoyachilar Dilshod Jo‘rayev, Aleksandr Stanislavevich, Vsevolod Nixayev hamda hujumchi Aleksandr Kasyan kabi iste’dodli va nomdor “charm to‘p” egalari kelib qo‘shilishdi. Taqdimot marosimida ushbu futbolchilarga jamoa liboslari tantanali topshirildi.

photo 03 270

Eslatib o‘tamiz, “Buxoro” jamoasi joriy mavsumni safarda boshlaydi. 2023-yilning 5-mart kuniga belgilangan birinchi tur bahsi Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadi.

“Buxoro” ga omad yor bo‘lsin!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.