Jahon

Qizini $500 000 ga majburlab turmushga bermoqchi boʻlgan ota qoʻlga olindi

photo 5
Foto: TechCabal

Loading

AQSh da o‘z qizini o‘g‘irlab, mamlakatdan olib chiqib ketgan va uni $500 000 evaziga turmushga bermoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Panjara ortidagi 50 yoshli Xolid Abug‘anim va uning 32 yoshli o‘g‘li Valid jabrlanuvchining otasi va akasi hisoblanadi. Tergovda aniqlanib, otasi Nyu-Yorkning Buffalo shahrida yashovchi qizni Yamanga majburlab olib borib, turmushga berishga harakat qilgan. Hibsga olinganlar shuningdek, agar qiz to‘ydan bosh tortsa, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Qayd etilishicha, 2021-yilning sentabrida jabrlanuvchi qarindoshlarining ruxsatisiz Meksikaga qochib ketgan boʻlin, bir muddat soʻng u topiladi va kuch bilan AQSh ga olib kelinadi. Ota qizning harakatlari nazorat qilinishini, agar itoasizlik qilsa, uni hovliga dafn etishini aytadi.

Zoʻravonlar uni uyga qamab, universitetdagi o‘qishni tashlashga majbur qilishadi va internetdan foydalanishini ham cheklashadi.

Keyinchalik qizning sevgan yigiti uzoq vaqt u bilan bog‘lana olmagani uchun politsiyaga murojaat qiladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari jabrlanuvchining qarindoshlariga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilishado, biroq ular har safar hammasi joyida ekanini aytishgan.

Shuning uchun, FQB tergovni faqat 2022-yil dekabr oyida boshlagan. Ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda jabrlanuvchi Yamanda qarindoshlari nazoratida ostida qilmoqda. U nikohga rozi bo‘lmagan.

2022-yil aprelida AQSh ga qaytgan Xolid va Valid Abug‘anim 17-fevral kuni hibsga olingan. Ular hozirda boshqa davlatda odam o‘g‘irlash maqsadida til biriktirganlikda ayblanmoqda. Ota va oʻgʻilga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.