Salomatlik

Bor-yo‘g‘i 20 daqiqada tayyor bo‘ladigan mazali rulet retsepti

photo 21

Loading

Internetda tarqalgan yangi retseptga ko‘ra, ushbu ruletni murabbo yoki shokoladli nachinka bilan ham tayyorlash mumkin.

Kerakli mahsulotlar:
1. Quyultirilgan sut — 380 ml;
2. Tuxum — 2 dona;
3. Un — 150 gr;
4. Iste’mol sodasi — 1/2 choy qoshiq;
5. Tuz;
6. Murabbo.

Tayyorlanish jarayoni: Quyultirilgan sut, tuz va tuxum yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan elangan un va iste’mol sodasi qo‘shiladi. Yaxshilab ko‘pirtirilib, suyuq xamir hosil qilinadi. Pishiriq qolipiga pergament qog‘oz solinadi. Sariyog‘ bilan yog‘lanib, suyuq xamir bir tekisda quyiladi va yuzasi silliqlanadi. 180 darajada qizdirilgan pechda 8 daqiqa davomida pishiriladi. Sochiq ustiga pishgan xamir ag‘dariladi va pergament qog‘oz olinib, sochiq xamir bilan birgalikda rulet shaklida o‘raladi. Birozdan so‘ng sochiq olinib, murabbo surtiladi va yana rulet holiga keltiriladi. Rulet yuzasini ta’bga ko‘ra, shakar upasi yoki mevalar bilan bezash mumkin. Yoqiml ishtaha!

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.