Salomatlik
Shampundan foydalanishda ko‘pincha yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato
Shampun eng keng tarqalgan soch parvarish qilish mahsulotidir, lekin har kuni yo‘l qo‘yiladigan xatolarning aksariyati undan foydalanish bilan bog‘liq. Ushbu xatolarning bir nechtasini quyida ko‘rib chiqamiz.
Noto‘g‘ri tanlangan shampun
Shampun tanlash unchalik qiyin emas — bir nechta asosiy qoidalarga amal qilish kifoya. Agar bosh tez kir bo‘lsa, soch va bosh terisini chuqur tozalashga qaratilgan hajm beruvchi shampunni qo‘llash tavsiya etiladi. Agar turmak 2-3 kungacha tursa, namlantiruvchi vositalardan xavfsiz foydalanish mumkin.
Jiddiy shikastlangan sochlar bo‘lsa, qayta tiklovchilardan foydalanish kerak. Bu intensiv parvarish qilishni talab qiladigan sochlar uchun muhimdir. Qazg‘oq paydo bo‘lganda, birinchi navbatda trixolog bilan maslahatlashish zarur.
Sochni kechasi yuvish
Kunning qaysi qismida soch yuvish bu barchaning o‘ziga bog‘liq. Ammo vaqt yo‘qligi sababli, buni to‘g‘ridan to‘g‘ri yotishdan oldin bajarish va keyin ho‘l bosh bilan yotish kerak emas. Ertalab kechqurundan ko‘ra yaxshiroq, bu sartaroshlarning bu boradagi asosiy maslahati, chunki soch turmaklari ertalab kechqurungiga qaraganda chiroyli ko‘rinadi. Chunki sochlar uxlash vaqtida muqarrar ravishda deformatsiyalanishi mumkin.
Bosh terisini yetarli darajada tozalamaslik
Sochni yuvish uchun bu jarayonda asosiy narsa bosh terisini tozalash ekanini tushunishdir. Sochni shampunlash davomida ko‘prq bosh terisini massaj qilish kerak. Shampun qoldiqlari ham kuchli suv bosimi ostida bir xil massaj harakatlari bilan yuvib tashlanadi. Yuvgandan keyin bosh terisining tozaligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi.
Konditsioner haqda unutish
Soch uchun konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi. Shampundan keyin sochlar, ya’ni ularning himoya qatlami ochiq holatda qoladi. Keyinchalik sochlar sog‘lom va porloq ko‘rinishi uchun uni yopishga yordam berish muhimdir.
Saqlash shartlariga rioya qilmaslik
Agar shampun tarkibida juda ko‘p organik komponentlar bo‘lsa, uni vannaga yaqin qo‘ymaslik yoki dushda saqlamaslik kerak. Suv bug‘ining yuqori harorati shampunning saqlash muddatini va uning tarkibiga kiritilgan komponentlarning samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun mahsulotning suv bilan uzoq muddatli o‘zaro ta’siridan keyin qadoqlarda ko‘rsatilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi