Buxoro yangiliklari
Buxorolik 2 nafar qiz “Zulfiyachi” lar qatorida
Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, izlanuvchanligi, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida bugun, 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilindi.
Ular orasida buxoroliklar ham bor:
1. Aminova Niginabonu Baxriddinovna (Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti);
2. G‘ayratova Gulzoda San’at qizi (Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi).
Bugun shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilindi.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:
Rajabova Marhabo Muxammadiyevna – Qorako‘l tumanidagi «Xosiyatli Qorako‘l nuri» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi;
«Do‘stlik» ordeni bilan:
Cho‘liyeva Ziynat Boboyevna – «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish bo‘limi muhandisi;
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:
Mirzayeva Mehriniso Latipovna – Gʻijduvon tumanidagi «Marjona E’zoza» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari;
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan:
Gadoyeva Dilfuza Mustafoyevna – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali og‘ir kuyish jarohatlari bo‘limi katta hamshirasi;
«Shuhrat» medali bilan:
Muxutova Lola Muhammadovna – Olot tumanidagi «Olot kashtado‘zlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari.
Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan viloyatdoshlarimizni tahririyatimiz nomidan samimiy muborakbod etib qolamiz!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi