Mashhurlar
Chiroyli-chiroyli, shirin qizlarni ko‘rib qolsa, “mana shular kirsin”, deb buzib, jo‘natib yuboradi – Yulduz Usmonova
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova 16-fevraldan 28-fevralga qadar “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida o‘zining yangi konsert dasturini taqdim etgan edi. O‘n uch kun davomida, 17 seansdan iborat bo‘lgan katta konsert dasturida jurnalist Feruz Muhammad Yulduz Usmonova bilan suhbatlashdi. “Daryo” nashrida eʼlon qilingan maqolani Sizlarga taqdim etamiz.
Yulduz Usmonova suhbat davomida xoreografiyaga hech kim qizini bermay qo‘ygani sababi va axlatxonaga aylanib borayotgan ijtimoiy tarmoqlar haqida shaxsiy mulohazalarini aytib o‘tdi.
“Bir boshga bir o‘lim, nimadan qo‘rqasan?”
Ko‘pchilik bu gapni aytmaydi. Sababi, ular qo‘rqoq bo‘lib qolgan, “zapret” degan narsadan qo‘rqib qolishgan. Aslida qo‘rqmaslik kerak. Nimaga seni “zapret” qiladi? Bir boshga bir o‘lim, nimadan qo‘rqasan? Bular hammasi shu narsadan qo‘rqib qolgan.“Mening nima ishim bor, to‘yimga ziyon qilmasin, tirikchiligim o‘tyapti-ku”, deydi. Buni men to‘g‘ri tushunaman. Endi har kim oilasini boqishi kerak. Chunki sanʼat non manbasi bo‘lib qoldi-da. Shuning uchun ham odamlar qo‘rqib qoldi. Agar boshqa yerdan non topganida, bundan qo‘rqmas edi. Albatta, ovoz monopoliyasi bor. Men kasting eʼlon qilganimda ham viloyatdagi hakamlarga ishonmadim.
Nimaga viloyatdagilar, qishloqdagilar qizini raqsga, sanʼatga bermay qo‘ydi, deb o‘ylaysiz? Ulardan ko‘pining qo‘li ham, tili ham shaharga yetmaydi. Bolalar kelsa, “faqat mana bu, mana bu kirsin”, deganlarning guvohi bo‘lmadikmi? Chiroyli-chiroyli, shirin qizlarni ko‘rib qolsa, “mana shular kirsin”, deb buzib, jo‘natib yuboradi-da. Birovni o‘lay deb boqqan bolasi-chi? Shu narsalar bo‘ldi, agar bo‘lishda davom etayotgan bo‘lsa, men ham ularning ko‘zini o‘yishda davom etaman.
“Kim bo‘lib ishlashidan qat’i nazar hech kim birovni oyoq-osti qilishga haqqi yo‘q”
Tinchligi, baxti ham kerak. Unisini ham tushunish kerak. Kim bo‘lib ishlashidan qat’i nazar, hech kim birovni oyoq osti qilishga haqqi yo‘q. O‘yinchini to‘yma-to‘y olib yurgan ustoz ko‘p. Lekin qishloqdan ansamblga yoki oliygohga o‘yinchi olib keladigani yo‘q-da. Bizning paytimizda qishloqlardan iste’dodlilar yig‘ib kelinardi. Hozir bunaqasi yo‘q. Shuning uchun bunga jiddiy qaralishini xohlardim.
Professional o‘yinchilar, sanʼatni sevgan odam ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p ham o‘ralashmaydi. Men TikTok’ga ham, boshqasiga ham qarshi emasman, lekin o‘zim ham kirmayman. Ish bilan ovora bo‘lgan odam unaqa mayda-chuyda “axlatxona”larga kirmaydi. Axlatxona-da u yer. Agar sen sanʼatkor bo‘lsang, u yerda nima ishing bor? Ishingni qil, har kuni ertalabdan kechgacha ishimizni qilishimiz kerak.
Batafsil reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi