Jahon

Shotlandiyaga musulmon kishi rahbar bo‘lishi kutilmoqda

photo 45
Foto: Expat Guide Turkey

Loading

Shotlandiya millatchilari partiyasi (ShMP) joriy yilning 27-mart kuni Hamza Yusufni partiyaning navbatdagi rahbari etib tanladi. 37 yoshli musulmon hukmron ShMP yetakchisi sifatida Nikola Styorjen o‘rnini egallaydi va yarim avtonom hukumat rahbari bo‘ladi.

H. Yusuf Shotlandiyaning Angliya bilan 300 yillik ittifoqiga barham berish asosiy maqsadi bo‘lgan partiyani boshqaradi.

Qayd etish kerakki, H. Yusuf birinchi turda ShMP a’zolarining 24 336 ovozini to‘pladi, uning asosiy raqibi, Shotlandiya moliya vaziri Keyt Forbs 20 559 ovoz bilan 2-o‘rinni egalladi. Yana bir nomzod Esh Rigan esa 5 599 ovoz bilan uchinchi bo‘ldi.

Endi Hamza Yusuf mamlakat parlamentida ovoz berish jarayonida g‘alaba qozonsa, chorshanba kuni Shotlandiya rahbari sifatida qasamyod qiladi.

Ma’lumot uchun, Hamza Yusuf — Shotlandiya mustaqilligi tarafdori. Uning otasi pokistonlik, onasi esa keniyalik, o‘zi Glazgoda tug‘ilgan.

Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyani o‘z ichiga olgan Birlashgan Qirollikning 68 000 000 lik umumiy aholisidan taxminan 5,5 millionini shotlandlar tashkil qiladi. Mamlakat 1999-yildan boshlab o‘z parlamenti va hukumatiga ega.

Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha birinchi referendum 2014-yilda o‘tkazilgan. Unda mintaqada yashovchi fuqarolardan «Mamlakat mustaqil bo‘lishi kerakmi?» degan savolga javob berish so‘ralgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, ovoz berganlarning 55,3% ajralib chiqishga qarshi bo‘ldi, 44,7 foizi esa mustaqillikni yoqladi.

2022-yil noyabr oyida Buyuk Britaniya Oliy sudi parlament roziligisiz Shotlandiya 2-marta mustaqillik referendumini o‘tkaza olmasligi haqida qaror chiqardi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.