Buxoro yangiliklari

Romitanda hokimlik tashabbusi bilan 500 kishilik iftorlik dasturxoni yozildi

photo 82
Foto: omitan tuman hokimligi matbuot xizmati

Loading

Musulmon olami uchun eng muqaddas oylardan sanalgan Ramazon oyining har bir kunlari ob-havo mo‘tadilligi, yurtimizda tinchlik-xotirjamlik hukmron pallada o‘tayotgani xalqimizni quvontirmoqda.

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da insonlar ko‘nglini ko‘tarish, vatanga muhabbat va oila sadoqatini ta’minlash maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-madaniy tadbirlar o‘tkazilib, unda ishtirok etayotganlarga yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan voqealardan xabardor qilinmoqda.

Ana shunday tadbirlar mahalliy hokimiyat, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda viloyatimizning har bir mahallasida iftorlik asnosida tashkil etilmoqda. Bunda albatta, mahallaning oqsoqollar, faollari, ehtiyojmand oila vakillari qatnashmoqda.

Jumladan, kecha 30-mart kuni Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev tashabbusi bilan “Azizon”, “O‘zbekiston” hamda “Samosiy” mahalla fuqarolar yig‘inlarining barcha qishloqlaridan 500 nafarga yaqin vakillar iftorlik dasturxoniga taklif qilindi.

photo 02 18

Tumanning barcha mahalla, ko‘cha va qishloqlarida sektor rahbarlari, diniy idoralar vakillari hamda oqsoqollar ishtirokidagi serfayz iftorliklar davom etmoqda, – deya xabar qilmoqda Romitan tuman hokimligi matbuot xizmati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.