Buxoro yangiliklari

“Ozodlik” radiosi – yolg‘on va bo‘xton minbari (–mi?)

photo 88
Foto: Telegram (skrinshot)

Loading

Joriy yilning 29-mart kuni “Ozodlik” radiosining “Sizdan Telegram” nomli Telegram-kanalida “Аvariya holatidagi bog‘cha. O‘g‘limni u yerga jo‘natgim kelmay qoldi” nomli xabar chiqdi.

Mazkur maqola yuzasidan Buxoro viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida u haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi maʼlum bo‘ldi.

Dastavval maqola to‘g‘risida: unda Kogon tumanida joylashgan 45-maktabgacha taʼlim tashkiloti xaroba ekanligi, ota-onalar bolalarini mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotiga jo‘natgisi kelmayotganligi to‘g‘risida maʼlumotlar keltirilgan.

Xo‘sh, ushbu maʼlumotlar qanchalik to‘g‘ri?

Birinchidan, Kogon tumanida 15 ta davlat, 72 ta oilaviy, 7 ta davlat-xususiy sherikchilik va 2 ta xususiy shakldagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud bo‘lib, Kogon tumanida 45-son maktabgacha taʼlim tashkiloti esa umuman mavjud emas.

Ikkinchidan, yuqoridagi 45–sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining binosi ekanligi taʼkidlangan fotosuratlar mazkur tumanga umuman taalluqli emasligi maʼlum bo‘ldi. Ushbu fotolardagi holat Buxorodagi birorta MTM ga tegishli emasligi oydinlashdi.

Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining qoʻshimcha qilishicha, “Ozodlik” radiosi aynan mana shu kabi holatlardan foydalanib, o‘zining yolgʻon maʼlumotlari bilan aholining ongini zaharlashga urinmoqda.

Xulosa o‘rnida esa shuni ta’kidlash o‘rinliki, bugungi axborot asrida turli ijtimoiy tarmoqlar (internet) orqali ma’lum bir voqelikni bir zumda bilib olish mumkin. Biroq, uning qanchalik to‘g‘ri yoki haqiqatga yaqin ekanligini aniqlash biroz mushkul nazarimizda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.