O‘zbekiston

O‘zbekistonda endi PUBG Mobile, CS:GO yoki Dota 2 o‘ynab, 332 mln so‘m yutib olish mumkin

photo 16
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida kibersportchilarimiz ham ancha ko‘payib qoldi – O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati mamlakatimizda o‘tkazilayotgan kibersport turniriga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlanganligini va uning natijalarini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, PUBG Mobile, CS:GO, Dota 2, FIFA va eFootbal o‘yinlari bo‘yicha respublika miqyosida o‘tkazilayotgan «O‘zbekiston Esports Championship» turniriga maxsus portal orqali 3000 ga yaqin (2894 ta) kibersportchi ro‘yxatdan o‘tgan va ulardan jami 770 dan ortiq jamoalar tuzilgan. Turnir sovrin jamg‘armasi 332 million so‘mni tashkil qiladi.

Hozirda turnir allaqachon boshlanib bo‘lgan yoxud uning birinchi bosqichiga kecha, 12-apreldan boshlab start berilgan. Chempionatning yarim-final va final bosqichlari esa Toshkent shahrida 5-8-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.