Buxoro yangiliklari

Jondorlik qizlar Qozog‘istonda o‘tgan musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi

photo 23
Foto: Buxoro viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Loading

Jondor tumanidagi 2-son sport maktabi sportchilari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan O‘zbek jang san’ati sport turi bo‘yicha Jahon kubogida munosib ishtirok etdilar.

Quvonarlisi esa ushbu yirik musobaqada qatnashgan barcha 12 nafar qizlar ham shohsupaga ko‘tarildil

Ushbu g‘alaba bilan sportchilar jamoasini, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!

Shu o‘rinda foydali ma’lumot, “O‘zbekiston jang san’ati” sport turi O‘zbekiston Respublikasi taekvondo ITF Federatsiyasi Prezidenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, qora kamar 7 Dan Taekvon-do sohibi, tajribali jang san’ati ustasi Po‘lat Usmonov, shuningdek, o‘zbek jang san’ati federatsiyasi faxriy prezidenti Nasirova A. X. rahnamoligida yaratilgan.

Bir necha yillar davomida ota-boblarmizning jang san’ati texnika va harbiy uslublar merosi o‘rganilib, boshqa jang tizimining eng samarali metodlari bilan boyitilildi hamda “O‘zbek jang san’ati” tashkil etildi.
Xabari yo‘q insonda bir savol tug‘ilishi tabiiy: jang san’atida 20 dan ortiq faol jang turlari mavjud vaqtda qo‘shimcha jang turining nima keragi bor?

Gap shundaki o‘zbek jang san’ati tizimida o‘ziga xos bir qancha xususiyatlari bor:
– milliy liboslar va tilidan foydalanish;
– himoya va hujum usullaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish;
– yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar;
– huquq-tartibot idoralari va sport maktablarida jang elementlaridan foydalanish
– yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish va boshqalar.

UJS (“O‘zbek jang san’ati”) – zamonaviy jang san’ati bo‘lib, O‘zbekiston xalqi va boshqa jang san’atining eng samarali jangovar tizimlari elementlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan.

U 5 yo‘nalishdan iborat:
– sport-sog‘lomlashtiruvchi (40 yoshdan kattalar uchun);
– qo‘l san’ati (3 000 dan ortiq qo‘l harakatlari);
– Temuriylar jang san’ati (pichoq, qilich, tayoq, nayza bilan ishlash);
– jang-kurash.

UJS texnikasi bir necha ming qo‘l, oyoq zarbalari, otishlar, predmetlardan (qilich, pichoq, tayoq, uzun tayoq) iborat. 2009-yilning dekabr oyida ushbu sport turiga Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan “O‘zbekiston milliy sport turi” maqomi berildi.

O‘zbekiston jang san’ati tarkibiga quyidagi musobaqalar kiradi:

Sparinglar:
– bolalar va o‘smirlar sparing janglari (2 daqiqali 2 raund, o‘rtasida 1 daqiqali tanaffus; 6 nafar sportchidan tashkil topgan jamoa uchun 2 daqiqalik 1 raund);
– kattalar sparing janglari (3 daqiqali ? raund, o‘rtasida 1 daqiqali tanaffus; 6 nafar sportchidan tashkil topgan jamoa uchun 3 daqiqali 1 raund;
Musobaqada texnik harakatlar majmuini namoyish qilish:
– individual yo‘nalishda – 1 ishtirokchi;
– jamoaviy yo‘nalishda – 6 ishtirokchi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.