Hodisalar

Surxondaryolik ayol o‘qituvchilar erkak hamkasbi tomonidan ayovsiz kaltaklandi – video (18+)

photo 24
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun, 18-aprel kuni Facebook va Telegram guruhlarda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi maktabda o‘qituvchilar kaltaklangani aks etgan videolavha tarqaldi.

Diqqat! Tabni xira qiluvchi lavhalar bor. Homilador va o‘ta hissiyotli odamlarning ko‘rishi tavsiya etilmadi!

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, vazirlikning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i X. Mamadiyev holat yuzasidan Uzun tumanida bo‘lib turibdi.

Holat ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning qayd etishicha, ayni damda maktab o‘qituvchilari ommaviy do‘pposlanganligi bilan bog‘liq videoyozuvdagi holat o‘rganildi.

Aniqlanishicha, haqiqatdan ham 2023-yilning 14-aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli o‘rta ta’lim maktabining direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 18-aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.