Jahon

Eron prezidenti Isroilni vayron qilish bilan tahdid qildi

photo 34
Foto: Dzen

Loading

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Isroilning har qanday harbiy harakati Tel-Aviv va Hayfa shaharlarini “vayron qilish” ga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda u Eron armiyasi kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan harbiy paraddagi nutqida bayon qildi.

“– Dushmanlar, xususan, sionistik rejimning, Eronga qarshi eng kichik bir harakati harbiylarning javobiga va Hayfa, Tel-Avivning vayron bo‘lishiga olib kelishi haqidagi xabarni oldi”, — dedi Eron prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Eron bir necha bor Isroilni Tehron yaqinidagi yadroviy inshootlar va olimlariga qilingan hujumda, Isroil esa Eronni yadroviy qurol yaratishga urinishda ayblaydi. Shuningdek, Isroil rasmiylari Eronning yadroviy dasturini cheklashda diplomatik sa’y-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, harbiy choralar ko‘rishi haqida ogohlantirgan.

Kuni kecha Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen Xitoyni Eronga yadroviy qurol yaratishga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z “ta’siri” dan foydalanishga chaqirgan edi.

Ibrohim Raisiy Armiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda AQSh askarlarini Yaqin Sharqni tark etishga ham chaqirgan.

“– Xorijiy kuchlarning mavjudligi mintaqa xavfsizligiga tahdid soladi, ammo Eron qurolli kuchlari qayerda bo‘lmasin xavfsizlikni ta’minlaydi. Ular qanchalik tezroq ketishsa, mintaqa aholisi uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi”, — degan Ibrohim Raisiy.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.