Texnologiyalar

Nima uchun ba‘zi odamlar o‘z telefonlarini folga qog‘oziga o‘rashadi?

photo 38
Foto: ITechNews

Loading

Internetda telefonni folgaga o‘rash haqidagi maslahatlar imtihon oldidan tez-tez uchraydi. Aytishlaricha, shu tarzda uni metall detektorida aniqlab bo’lmaydi. Sizga ishontirib aytamizki, bu albatta, afsona! Sababi, folganing o‘zi alyuminiydir, shuning uchun uni aniqlash mumkin.

Keling, quyida telefon folga bilan o‘ralsa nima bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.

Agar mobil telefon folga qog‘ozi bilan o‘ralgan bo‘lsa, biroz muddat tarmoq yo‘qolishi mumkin va Siz qo‘ng‘iroqlarni qabul qila olmasliginigz mumkin. Ammo, hozirgi smartfon ishlab chiqaruvchilar ushbu usuldan foydalanishni tobora yo‘qqa chiqarishmoqda. Ya’ni abonent qurilmasi o‘ta zamonaviy bo‘lsa, folga uning antennasini “olib qo‘ya olmaydi”.

Shuningdek, maxfiylik haqida qayg‘uradigan odamlar uchun hatto signal uzatmaydigan telefonlar uchun maxsus sumkalar mavjud. Ushbu mahsulotlardan birining tavsifida aytilishicha, signalni blokirovka qilish korpusi siz shunchaki qurilmani o‘chirib qo‘yganingizdan yoki hatto batareyani olib tashlaganingizdan ko‘ra ishonchliroq ishlaydi.

Siz ushbu ma’lumotga ishonmasligingiz mumkin, ammo ma’lum bo‘lishicha, telefonni folga bilan o‘rashning haqiqiy sabablari bor. Internetda siz hatto bunday ishlarni qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni topishingiz mumkin.

Agar Siz tarmoqni o‘chirib qo‘yishingiz kerak bo‘lsa, shunchaki Avia-rejimini faollashtirishingiz yoki qurilmani o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. lekin, shunda ham zamonaviy qurilmalarning geolokatsiyasi ishlashi mumkin. Bu yo‘qolgan telefonlarni qidirish uchun qilingan qo‘shimcha.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.