Islom

21-aprel kuni Ramazon hayiti nishonlanadimi?

photo 39
Foto: Muslim Aid

Loading

Ayni kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Ramazon hayiti kunini belgilash atrofidagi ma’lumotlar turlicha talqin etilmoqda. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun Ishchi guruh shug‘ullanmoqda.

Ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat mazkur ishchi guruh Ramazon hayiti kuni – yangi Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlikda kuzatib bormoqda. Hatto Ishchi guruhi vakillari AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqalarida ham kuzatish ishlarini olib bormoqda.

Xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astranomiya institutidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil Ramazon hayiti kuni, ya’ni Shavvolning yangi oy fazasi shu yil 20 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da, Saudiya Arabistoni vaqti bilan esa 07:12 da sodir bo‘ladi. Astranom olimlar xulosasiga ko‘ra, shu kuni Shavvol oyi hiloli O‘zbekiston hududida ko‘rinmasada, lekin dunyoning ayrim mintaqalarida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, Hanafiy fiqhi manbalarida bir makonda yangi hilol ko‘rilishi dunyodagi jami musulmonlarga Ramazon hayitini nishonlashni joiz qiladi. Bunga hanafiy, molikiy va hanbaliy mazhablaridan iborat jumhur ulamolar ittifoq qilishgan.

Shar’iy masalalar va astronomik hisob-kitoblarga tayangan holda 1444 hijriy yil Shavvol oyi hiloli milodiy 2023 yil 20 aprel kuni Yer yuzining ayrim hududlarda kuzatiladi. Shu bois, Ramazon hayiti kuni 2023 yil 21 aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar qilinmoqda. Aytish mumkinki, AQSH, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi bir qator davlatlar tomonidan joriy yil 21 aprel, juma kunini Ramazon hayiti, deb e’lon qilindi.

Falakiy hisob bo‘yicha hayit kuni ma’lum bo‘lsa-da, Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Yangi oyni ko‘rib ro‘za tutinglar va yangi oyni ko‘rib hayit qilinglar”, degan hadisi shariflariga asosan mazkur Ishchi guruhining AQSH, Turkiya va G‘arb davlatlardagi vakillarining hilolni kuzatish to‘g‘risidagi oxirgi ma’lumotlari olingandan keyin 2023 yil 20 aprel kuni yakuniy xulosalar taqdim etiladi, insha Alloh.

Qayd etish kerakki, ibodat masalasida doim ehtiyot bo‘lish lozim. Ramazon ro‘zasining boshlanishi va tugashi faqat yurt muftiysi tomonidan e’lon qilinadi, mo‘min-musulmonlar esa shu fatvoga ergashishlari shart bo‘ladi.

Demak, internet saytlari yurituvchilari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan ushbu masalada turli xabarlarni tarqatish orqali xalqimizni asl vaziyatdan chalg‘itmaslikni iltimos qilamiz.

Shu kunlarda O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni rasmiy manbalarda e’lon qilinadi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.