Islom

Qadr kechasini o‘tkazish qoidalari

photo 40
Foto: Islam Today

Loading

Savol: Assalomu alaykum! Laylat ul kadr kechasi o‘tkazish qoidalari xakida ma’lumot bering iltimos va yana bir savolim telegramdagi botni qanday izlash mumkin va qanday savol berib javob olish mumkin?

Javob: Qadr kechasida o‘qiladigan namozning maxsus tartibi yo‘q. Ramazonning hamma kechasi kabi ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘lish va bedor bo‘lish tavsiya qilinadi. Qazo namozlari bor kishilar qazolarini o‘qishi afzal. «Hadis va Hayot» kitobida bu kechani o‘tkazish haqida quyidagicha keladi:

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَرَأَيْتَ إِنْ عَلِمْتُ أَيُّ لَيْلَةٍ لَيْلَةُ الْقَدْرِ مَا أَقُولُ فِيهَا؟ قَالَ: قُولِي اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Ey Allohning Rasuli! Ayting-chi, agar Laylatul qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam, unda nima deyman?” dedim. “Allohim! Albatta Sen afv qiluvchi va karamlisan. Afvni yaxshi ko‘rasan. Bas, meni afv qilgin”, degin”, dedilar”. 

Sharh: Albatta, Laylatul qadr kechasi duoning qabul bo‘lishi eng qulay fursatlardan biri ekanini hamma yaxshi biladi. Bu savolni boshqacha qilib, “Duo eng qabul bo‘ladigan vaqtda qaysi duoni qilay?” desak ham bo‘ladi. “Afv” so‘zi lug‘atda tark qilish, o‘chirish va yo‘q qilish ma’nolarini ifoda etadi. Ulamolar afvni quyidagicha ta’riflaydilar: Munoviy: “Afv bir narsani tanovul qilishni qasd etish va gunohni o‘tib yuborishdir”, deganlar. Kafaviy: “Afv qudrati yetib turib, zarar yetkazmaslikdir. Kim uqubat berishga haqdor bo‘la turib, uni tark qilsa, afv qilgan bo‘ladi”, deganlar. Vallohu a’lam!

“Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati.
Manba:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.