Buxoro yangiliklari
Bukhara News asoschisi Sherzod Kamolov ham o‘z maktabi uchun ovoz berdi (-mi?) yoxud har bir OAV ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazishga haqli
Hurmatli Sherzod Kamolov!
Avvalo, bildirgan shaxsiy fikrlaringiz uchun tashakkur deymiz!
Shuni oldindan taʼkidlab oʻtmoqchimiz, Siz tomoningizdan aytib oʻtilgan soʻrovnoma faqatgina ijtimoiy soʻrovnoma va maktablarning asosiy reytingi tegishli qonunchilik talab va meʼyorlariga muvofiq aniqlanadi.
Telegram-kanalga aʼzo boʻlganingiz orqali ovozlar sunʼiy ravishda oshirilmaganligini isbotlashga yordam berasiz.
Bu faqatgina obunachi koʻpaytirish uchun qilinmagan! Afsuski, har kim “oʻzining qarichicha” oʻlchaydi.
Shunday goʻzal va muqaddas bayram kunlarida muzqaymoq yeb, koʻnglingizni nurafshon qilgan holda, jamiyatimiz rivoji yoʻlidagi ishlaringizni davom ettirishingizga tilakdoshmiz.
Ovoz beruvchi fuqarolarmizga tahririyatimiz nomidan esa shuni yana bir bor eslatib oʻtamizki, hech bir tashkilot va/yoki uning rahbari xodimlarini bevosita xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarni qilishga majbur eta olmaydi. Ayniqsa, biz uchun eng muhtaram va eng ulugʻ boʻlgan ustozlarmizni. Bu – jinoyat!
Chunonchi, agarda xohlamasangiz, ovoz bermaslikka haqqingiz bor. Bu Sizning huquqingiz. Oʻz navbatida kimdir biror-bir ishni majbur qildirayotgan boʻlsa, unutmang! Erkin fuqarolik jamiyatida yashayapsiz, oʻz haq-huquqlaringizni himoya qila olmas ekansiz, “majburmiz” deb yuraverasiz. Xolbuki, agarda oʻqituvchi boʻlsangiz, Sizni hech kim majburlay olmaydi. Agar shunday boʻlsa, tegishli idoralarga murojaat qiling yoki rahbaringizga oʻz pozitsiyangizni bildiring.
Maktabingiz reytingi va undagi taʼlim sifatini yuqori baho olishida ishtirok etmoqchi boʻlmasangiz, rasmiy kanallarga aʼzo boʻlishdan maʼno yoʻq.
Shunga qaramay, oʻz maktabini qoʻllab-quvvatlamoqchi boʻlganlar uchun yana bir bor eslatib oʻtamiz, mazkur so‘rovnoma viloyatdagi mavjud umumta’lim maktablaridagi o‘quv metodikasi, jamoadagi hamjihatlik, ilg‘or pedagogik tajriba hamda zamon bilan hamnafas uslubda darslar o‘tilishi, rahbarning salohiyati, yangi g‘oyalarga intilish, ota-onalar va o‘quvchilarning ta’lim dargohi haqidagi fikrlarini o‘rganish uchun o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ovozlar sonini sun’iy ravishda oshirishning oldini olish maqsadida rasmiy kanallarga a’zo bo‘lish taklif qilinadi. Bu – mutlaqo bepul hamda ixtiyoriy jarayon.
Bu esa Telegram-botni “nakrutka” qilishning iloji yoʻq deb oʻylayotganlar uchun skrinshot. Shunga oʻxshash botlar esa anchagina:
Ha, aytgancha, Sherzod Kamolov! Sizning obunachilaringiz kamligi uchun aslo xafa boʻlmang. Sifatli, ishonchli va eng asosiysi, joylashtirilganidan keyin oʻchirilmaydigan xabarlar qoʻyib borsangiz, Telegram-kanalingiz foydalanuvchilari Sizning resursingizga boʻlgan hurmati yanada oshadi. Bu maslahat ham mutlaqo bepul boʻlib, unga amal qilish ham ixtiyoriy jarayon hisoblanadi.
P. S.: Sizdan soʻramasdan nashr logotipini ishlatib qoʻydik. Yana oʻtgan safargidek bizning ustimizdan IIB ga “zayava” yozib oʻtirmang. Chunki, bunda ham oʻtgan galgidek qonun buzilish holati mavjud emas. Har holda bilamiz, yozuv-chizuvga ancha tajribangiz bor.
(c) Buxoroliklarga chuqur hurmat va minnatdorlik bildirib, soʻrovnoma platformasini yaratgan Buxoroisharif.uz tahririyati
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi