Buxoro yangiliklari
Nega Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jonibek Boltayev tunda xodimlarni Buxoro savdo majmuasi yoniga to‘pladi?
Kecha, 23-aprel kechqurun viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev tomonidan Buxoro shahar hududiga “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya, FVB, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari va “Qalqon” guruhi aʼzolari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunda tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda ularning jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarida maqsadsiz yurishlarini bartaraf etish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Qayd etish kerakki, mazkur yoʻriqnoma Buxoro savdo majmuasi yonida olib borildi.

Tungi xizmat olib borayotgan barcha xodimlar yuklatilgan vazifalarni “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida aʼlo darajada bajarishganiga esa shubhamiz yoʻq.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


