Jahon
Erdo‘g‘an Turkiyadagi zilziladan aziyat chekkan oilalarga yangi uylar kalitlarini topshirdi
Еurkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qahramonmarash va Gaziantepdagi zilziladan jabr ko‘rgan oilalarga yangi uylar kalitlarini topshirdi. Bu haqda Turkiyaning “Son Haberler” nashri yozmoqda.
Davlat rahbari mazkur turar-joylarning ochilish marosimidagi nutqida Gaziantepda rejalashtirilgan 50 000 xonadonga qo‘shimcha ravishda yana 50 000 xonadon qurilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u tabiiy ofat zonasidagi barcha shahar va qishloqlarning infratuzilmasi yangilanayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.
“– 6-fevraldagi dahshatli zilzilalardan 15 kun o‘tib, yangi xususiy uylar poydevori qo‘yildi. Tabiiy ofat zonasida jami 507 000 xonadon va 143 000 xususiy uy quriladi. 1 yil ichida ulardan 319 000 tasi foydalanishga topshiriladi. Qariyb 60 000 xonadon barpo etildi. Bizning vazifamiz zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarni barcha qulayliklarga ega yangi zamonaviy uylarga tezroq ko‘chirishdir”, — dedi Turkiya prezidenti o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-fevral kuni Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida 9 soatlik oraliq bilan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan edi. Yer silkinishlari mamlakatning 11 viloyatida seizlgan hamda qo‘shni Suriyada ham sodir bo‘lgan.
Turkiya hukumati 50 000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan mzkur zilzilalarni “asr falokati” deb atadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi