Özbekiston

Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi (-mi?)

photo 68
Foto: Facebook (@FMSaidov)

Loading

Bu haqda Telegramdagi “Davlat boshqaruvi” kanali bugun, soat 16:08 da xabar berdi. Ammo ko‘p o‘tmay ushbu xabar yuqoridagi kanaldan o‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, B. Saidov 2021-yildan 2022-yil soʻngiga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri sifatida ham ishlagan. Shundan so‘ng 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saidov Baxiyor Odilovich 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2016-yil, yanvar oyida “Oʻzbekengilsanoat” AK boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, bosh menejeri sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yil, 26-iyuldan Oʻzbekistonning Xitoydagi elchisi boʻlib ishlagan. 2018-yil, 4-apreldan u bir vaqtning oʻzida Moʻgʻulistondagi elchi, 2019-yil iyul oyida — qarorgohi Pekinda boʻlgan Filippindagi elchi bo‘lib ham ishlagan.

Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik unvoniga ega.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.