Buxoro yangiliklari

Qo‘lingizda ovqat qiling. Telefon va kompyuterni esa og‘izda boshqaring!

photo 70
Foto: FuturoProssimo

Loading

AQSh ning Massachusets texnologiya institutida “MouthPad” deb nomlangan noodatiy qurilma yaratildi. Mazkur qurilmaga ta’rif beradigan bo‘lsak, u kompyuter yoki smartfonni til harakati yordamida boshqarish imkonini beradigan kompyuter sichqonchasi hisoblanadi.

Gadget buyurtmachining og‘iz o‘lchamlari olingach, 3D-texnologiyalar yordamida yasaladi. U o‘yin o‘ynash va shu kabi qator funksiyalarni bajarish imkoniyatini beradi.

U sizga til yordamida smartfon yoki kompyuteringizni boshqarish imkonini beradi. Bu qurilma kompyuter sichqonchasining o‘ziga xos analogidir, uni ishlatish uchun qo‘llar emas, til harakatlanadi.

photo 02 14

Shuningdek, MouthPad o‘z egasiga elektron pochta orqali xabarlar yuborish, video o‘yinlar o‘ynash va oddiy kompyuter sichqonchasi bajara oladigan deyarli hamma narsani qilish imkonini beradi.

Qayd etish joizki, mazkur qurilma protsessor, batareya, Bluetooth moduli va o‘rnatilgan bosim datchiklari bo‘lgan moslashuvchan elektron platani o‘z ichiga olgan suv o‘tkazmaydigan tish qatroni bilan qoplangan. Og‘irligi 7,5 gr, qalinligi esa 0,7 mm dan oshmaydi.

U o‘z egasining nutq ravshanligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi bilan yanada hamiyatlidir.

MouthPad birinchi navbatda nogironlar (qo‘llari bilan harakat qila olmaydigan shaxslar) uchun mo‘ljallangan.

Narxi va sotuvga chiqish sanasi hali e’lon qilinmagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.