Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi “Yetti go‘zal” tungi klubi rahbari nega IIB ga chaqirtirildi?
Kuni kecha Telegramning “Potrebitel Buxara plyus” kanalida “Yetti go‘zal tungi klubiga chora ko‘rishlarizni so‘raymiz, uyqu bermaydi bular, ertalabgacha derazani ochib yotishni iloji yoq umuman” sarlavhasi ostida video murojaat joylashtirildi. Unda fuqarolar tungi vaqtlardan tongga qadar har kuni yuqoridagi klubda shovqin-suron va musiqa ovozidan unga tutash koʻp qavatli uylarda uxlab boʻlmasligidan aziyat chekayotganlarini bildirishgan.
Mazkur video murojaat Buxoro shahar IIO FMB da tegishli tartibda qayddan o‘tkazilib, tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi.
Aniqlanishicha, haqiqatdan ham Buxoro shahridagi “Roziq Hamroyev” mahallasi, Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan “Yetti go‘zal” tungi klubi atrofida maishiy shovqin kuzatilganligi, fuqarolar tomonidan bu borada bir necha bor murojaat qilingani va natijada mazkur tungi klub ish yurituvchisi muqaddam 4 marotaba O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 192- va 188²-moddalari bilan javobgarlikka tortilganlik holatlari oydinlashdi.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida “Yetti go‘zal” tungi klubi va “Ziyo Fayz” restoranida biror marotaba ham ogʻir jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etilmaganligi aniqlandi.
Shunga qaramay, tungi klub rahbarlari bilan Buxoro shahri hokimining tegishli qarori asosida soat 00:00 dan so‘ng ish faoliyatini olib borishda belgilangan tartib va talablarni bajarmagan taqdirda ishlamaslik bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar olib borilib, rasman ogohlantirildi.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi.
Bundan tashqari, viloyatning barcha hududlarida tungi xizmatga jalb qilinadigan xodimlar tomonidan aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar yaqinida faoliyat olib borayotgan kafe, tungi klub va barlarning belgilangan tartib va talablar asosida ishlashlari alohida nazoratga olindi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi