O‘zbekiston

Bosh prokuror o‘rinbosari nega Buxoroga keldi?

photo
Foto: Bosh prokuratura

Loading

Kuni kecha Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi rahbari, Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi.

Viloyatda dasturlar doirasidagi budjet mablag‘lari hisobidan 878 ta obyektlarda 1 trln 9 mlrd so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlar jarayonida, 138 ta holatda 2,9 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar bajarilganligi hamda 93 ta holatda 3,1 mlrd. so‘mlik bajarilmagan ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari qo‘rildi. Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 24 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha 93 ta yozma ko‘rsatmalar berilishi ta’minlandi.

photo 02 20

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha soha bo‘yicha barcha mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda obyektlarni foydalanishga topshirish, mablag‘larni iqtisod qilish va yangidan boshlanuvchi obyektlarga shaharsozlik xujjatlarining ishlab chiqilishida buyurtmachi tashkilotlar va boshqa mutasaddilar tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi alohida ta’kidlanib, bunga mas’ul bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari eshitildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.