Islom

Joynamozsiz ham namoz o‘qisa bo‘ladimi?

photo
Foto: SalamNews

Loading

Savol: Pokiza yerda joynamozsiz namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, durust bo‘ladi. Chunki dastlabki paytlarda Payg‘ambarimiz alayhissalomning masjidlarida ham joynamoz bo‘lmagan, balki mayin qum yotqizilgan.

Islom ummatiga berilgan alohida xususiyatlar haqidagi uzun hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «…Menga yer masjid va poklovchi narsa qilindi…», deganlar (Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal Jobir raziyallohu anhudan rivoyat qilishgan).

Demak, Islom ummati har qanday pok yerda ibodat qilishlari joiz. Boshqa dinlarda esa ibodatni faqat maxsus joylar-ibodatxonalarda qilishlari mumkin bo‘lgan, xolos. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.