Texnologiyalar

Telegram Braziliya hududida bloklandi

photo
Foto: ZumaPress

Loading

Telegram messenjeri Brazilyada bloklandi va bu birinchi marta emas. Davlat Oliy sudi Telegramni neonatsistlar guruhlari va ularning a’zolari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etmaganligi sababli, chekladi.

Endilikda mamlakatdagi barcha aloqa operatorlari (Vivo, Claro, TIM va Oi) ga ilovaga kirishni cheklashi hamda Apple va Google kompaniyalariga messenjer ilovasini o‘z do‘konlaridan olib tashlash buyurilgan. Shuningdek, messenjer ushlab chiqaruvchisiga nisbatan avvalgi sud qarorlarini bajarmagan har kuni uchun ⁓$200 000 miqdorida jarima belgilangan.

Qayd etish kerak, 2022-yilning noyabr oyida da mamlakatning Arakruz hududidagi maktablarda sodir bo‘lgan otishmada 4 kishi o‘ldirilgan, 10 dan ortiq odam esa yaralgan. Buni amalga oshirgan 16 yoshli jinoyatchining esa Telegramdagi antisemitik guruhlar bilan aloqasi borligi aniqlangan. Shundan keyin Braziliya federal politsiyasi Telegram rahbariyatidan ushbu guruhlar a’zolari, administratorlari va ularning telefon raqamlarini berishni so‘ragan.

Telegram mamlakat huquq-tartibot idoralariga ayrim ma’lumotlarni oshkor etgan, biroq ular yetarli bo‘lmagan. Oliy sud Telegramni bloklash buyurug‘ini chiqarganidan so‘ng, chorshanba kuni Brazilya vaqti bilan tungi 21:30 dan keyin Telegram bilan aloqa batamom uzilgan.

Bu avval qayd etilganidek Telegramning Brazilya ilk bor bloklanishi emas. 2022-yilning mart oyida ham messenjer aytilgan buyruqlarni bajarmaganligi sabab mamlakatda ban qilingandi, lekin keyinroq Pavel Durov buning uchun uzr so‘rab chiqqanidan bir necha kun o‘tib cheklov olib tashlangan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.