Jahon

AQSh rasmiylari Turkiya prezidentini lavozimidan chetlatish bo‘yicha topshiriq bergan

photo
Foto: NZZ

Loading

AQSh va Yevropa davlatlari turk muxolifatiga prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anni lavozimidan chetlatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqida Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi,

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb davlatlari Turkiya rahbarining hokimiyatda qolishini istamaydi. Bu masalada mamlakat rasmiylari faqatgina xalqning xohish-istaklari inobatga olinishi kerak, – deya ta’kidladi vazir.

Eslatib o‘tamiz, 25-aprel kuni R. Erdo‘g‘on jonli efir vaqtida o‘zini yomon his qilgandi va shu sabab, kutilmaganda translyatsiya to‘xtatilgandi. Uzoq tanaffusdan so‘ng, Turkiya prezidenti qaytib kelib, oshqozon grippi xastaligiga chalinganini aytdi.

Shundan so‘ng prezident shifokorlar brigadasi R. Erdo‘g‘onga saylovlar arafasida omma oldida nutq so‘zlashni taqiqladi. Saylovoldi tashviqotlari ham keyinroqqa surildi.

Kecha, 27-aprel kuni Turkiya prezidenti va Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, prezidentlar Ukrainadagi vaziyat va g‘alla bo‘yicha kelishuvning hozirgi holatini muhokama qilishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.