Maşhurlar

“Super kelinchak” Diana Yagafarova kinoga qaytdi

photo
Foto: VKontakte (@club110633608)

Loading

“Super kelinchak” filmidagi yorqin roli evaziga keng omma eʼtiborini qozongan o‘zbek aktrisasi Diana Yagofarova uzoq vaqtdan beri ilk bor intervyu berdi. U oʻtgan yilning bahor oyidan buyon yana filmlarga tushishni boshlagan edi. Ayni damda esa “Novvoy uchun kurash” kriminal dramasini suratga olishda ishtirok etayotgani haqida gapirdi.

Filmda Dianadan tashqari Durdona Qurbonova, Javohir Zokirov, Ra’no Shodieva va Ilyar Abdullaevlar ham ishtirok etishadi. Premyera shu yilning kuzida boʻlib oʻtadi.

Aktrisa kuni kecha boshqa bir oʻzbek filmi premyerasida mehmon boʻlib, u yerda qisqa intervyu berdi. Uning taʼkidlashicha, u suratga olishni juda sogʻingan boʻlib, tugʻruq taʼtilida boʻlganligi sababli, koʻrinmagan ekan.

Hozirda ham aktrisa oila va bolalarni tarbiyalash bilan ham shugʻullanmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.