Buxoro yangiliklari

Buxorolik o‘quvchi Xalqaro Biologiya olimpiadasida ishtirok etadi

photo
Foto: Buxoro viloyati MMTVB

Loading

Xalqaro Biologiya olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoa a’zolari aniq bo‘ldi.

Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023) da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati:

1. Behruz Tursunov (Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 274-maktabning 11-sinf o‘quvchisi);
2. G‘olibjon Sharifov (Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi);
3. Muhammadibrohim Egamberdiyev (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-kurs o‘quvchisi);
4. Mehrangiz Ahtamova (Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi).

Ma’lumot uchun, xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO-2023) joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligi davlatida bo‘lib o‘tadi.

Yoshlarimizga oplimpiadaga muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlarini va O‘zbekiston bayrog‘ini yana bir bor shohsupaga ko‘tarish nasib etishini tilab qolamiz!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.