Buxoro yangiliklari

57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan buxoroliklar medallarni qo‘lga kiritishdi

photo
Foto: PIIMA

Loading

57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan 8 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 7 nafari medallarni qo‘lga kiritdi.

Bugun, 6-may kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi Xalqaro olimpiadada Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Bolgariya, Braziliya, Vengriya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘isizton, Makedoniya, Mongoliya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Xorvatiya kabi dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Uch bosqichda tashkil qilingan Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, yurtimiz o‘quvchilari 2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medallar qo‘lga kiritildi.

Ushbu g‘olib o‘quvchilar bilan tanishing:

Nazarov Azizbek – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – oltin medal;

Maxmudov Abdullox – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi – oltin medal;

Dilmurodov Sohibjon – Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi – kumush medal;

Rahimov Daler – Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o‘quvchisi – kumush medal;

Karimov Azizbek – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o’quvchisi – kumush medal;

Xafizov Azizbek – Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi – bronza medal;

Xakimova Shaxzoda – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – bronza medal;

Mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!

Hammamizga ma’lumki, 56-Mendeleyev olimpiadasi Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi. Unda ishtirok etgan 12 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 10 tasi (1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza) medallar bilan taqdirlangan edi.

So‘nggi yillarda Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘quvchilarimiz tomonidan oltin medal qo‘lga kiritilmoqda, faqatgina 2013-yil Toshkentda tashkil qilingan Mendeleev olimpiadasida terma jamoamiz vakillari tomonidan 2 ta oltin medal qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, joriy yildagi 2 ta oltin medalning qo‘lga kiritilishi ham yurtimizda ilm-fanga, xususan kimyo faniga berilayotgan e’tiborning nishonasidir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.