Buxoro yangiliklari
Buxorolik 4 nafar erkak yosh ayolni cho‘lga olib borib, zo‘rlashdi — video
Bi necha kun oldin internetda yosh ayolni bir necha shaxslar kuch ishlatish yo‘li bilan zo‘rlamoqchi bo‘layotganliklari aks etgan video tarqaldi. Buxoro viloyati IIB ushbu holat boʻyicha surishtiruv olib bordi.
Aniqlanishicha, 2023-yilning 30-mart kuni soat 13:00 lar atrofida G‘ijduvon tumanida yashovchi 29 yoshli D. B. mahalladoshi boʻlgan 1991-yilda tug‘ilgan S. G. ismli ayolni shu tumandagi “Qoraxoni” MFY, “Jilvon” cho‘l hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lgan.
Shuningdek, oʻzi bilan birga borgan sherigi tomonidan holatni telefonga syomka qildirib, ushbu video orqali S. G ni o‘ziga qaram qilib, yonida bo‘lgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majbur qilgan.
Buxoro viloyati Axborot xizmatidan olingan maʼlumotlarga koʻra, holat boʻyicha joriy yilning 30-mart kuni (jinoyat sodir etilgan kunning oʻzidayoq – tahririyat izohi) G‘ijduvon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 121-moddasi 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan, gumon qilinuvchi shaxslar esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha zaruriy tergov harakatlari to‘laqonli olib borilib, joriy yilning 13-may kuni gumon qilinuvchi 4 nafar shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 2 qismi “v” bandi hamda 141/3- moddasi 2 qismi “b” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hurmatli fuqarolar, eslatib oʻtamiz! Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish – jinoiy hodisa sifatida tavsiflanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 141/3-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Bundan tashqari yuqoridagi kabi holatlarni OAV yoki ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish dastlabki tergovning haqqoniy, odilona va to‘liq olib borilishiga halal berishi, o‘zingiz bilmagan holda sir tutilishi mumkin bo‘lgan tergov harakatlarini oshkor qilishingiz esa dalillarning yo‘qotib yuborilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi