Jahon

Hindiston rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, nimani muhokama qilishdi?

photo
Foto: CNN

Loading

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xirosimadagi G7 sammiti doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu ularning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik yuz beganidan beri birinchi uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuv videosi Zelenskiyning Telegram-kanaliga joylashtirildi.

Qayd etish kerakki, Ukraina rahbari Hindiston bosh vaziri bilan “Ukrainani gumanitar minalardan tozalash va mamlakatni mobil kasalxonalarga bo‘lgan ehtiyojlari” haqida gaplashishgan. Shu bilan birga, V. Zelenskiy Narendra Modiga Ukraina tinchlik formulasi haqida ma’lumot bergan. Hindiston rahbariga esa uni amalga oshirishga qo‘shilishni taklif qilgan.

“— Hindistonga mamlakatimizning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlagani va Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildiraman”, — dedi Vladimir Zelenskiy uchrashuv davomida.

Shuni ham ta’kidlash o‘rinligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Hindiston rahbari Narendra Modi mazkur sammitga faxriy mehmon sifatida taklif qilingan. Ularning davlatlari “Katta yettilik” aʼzosi emas.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.