O‘zbekiston
Alisher Sa’dullayev kuchlimi yoki Xolida Musulmon? Yoxud 1,7 mlrd so‘mlik motivatsiya mojarosi
Shu kunlarda yosh va iste’dodli fotograf qiz, O‘zJOKU talabasi, Gazeta.uz foto-muxbiri Xolida Musulmonning «Qishloqdagi abituriyent do‘stimga», deb nomlangan quyidagi fotohikoyasi tarmoqlarni portlatyapti:
https://www.gazeta.uz/oz/2023/07/15/kazarma/
Meni diqqatimni fotohikoyaning eng final qismi – eski darvozadan qo‘lida kitob ushlagancha chiqib ketayotgan qiz tasviri jalb qildi.
Suratda qiz o‘qish orqali tor hayotdan, kulbadan qutilgani, boshqa hayotga chiqib ketayotgani tasvirlanibdi. Almisoqdan qolgan, zang bosgan darvoza – eski va yangi hayot o‘rtasidagi ko‘prik. Ammo qizning qo‘lidagi kitob va qalbidagi jur’at bo‘lmaganda u bu darvozagacha yetib kela olmasdi. Xullas, suratdagi har bir detal sizga ko‘p narsalar haqida gapiradi. Shubhasiz, yoshlarni qalbiga cho‘g‘ soladigan, intilishga da’vat qiladigan motivatsion surat!
Endi diqqatingizni boshqa tarafga qaratmoqchiman:
Kun.uz ning ma’lum qilishicha, Yoshlar ishlar agentligi yoshlarga motivatsiya berish uchun 1,7 milliard pul sovuribdi.
1,7 mlrd so‘mning 192 mln so‘mi spikerlar va tashkiliy ishchi guruh uchun mehmonxona, yo‘l, ovqatlanish va xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarga ketgan. Treninglarda qatnashgan yoshlarni rag‘batlantirishga 600 mln. so‘m, blogerlarga reklama berish, targ‘ibot, anons videoroliklar tayyorlash, treninglarni to‘liq tasvirga olish uchun esa 185 mln so‘m ishlatishibdi.
Ammo men Agentlik motivatssiyasidan keyin yoshlarning qalbi alangalab ketganini, olamshumul ishlarga qo‘l urishganini ko‘rmadim.
Undan ko‘ra, Xolidaning fotohikoyasi ko‘proq yoshlar diqqatiga sazovar bo‘lganday tuyuldi. Ko‘plab yigit-qiz o‘rtoqlarim tong sahardan foto hikoyani jo‘natishni boshladilar chunki. Qiziq, 1,7 milliardlik motivatsiya va yuqoridagi surat bellashsa, bu raqobatda qay biri g‘olib bo‘larkan?
Xolida Muslumoning tep-tekin motivatsion surati haqiqatdan, ilm olishga ishtiyoq uyg‘otadigan, yoshlarni o‘qishga, harakatga keltirishga da’vat qiladigan asar. Kim nima desa, desin, bu suratni menimcha, bugun O‘zbekistondagi har bir maktabga osish kerak.
Xo‘sh, siz nima deysiz, Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayevning motivatsiyasi kuchlimi yo Xolida Musulmonning?
Muallif: Maftuna Karimova, jurnalist
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi