O‘zbekiston

20-oktabrdan poyezdlarda oddiy chiptalar 50% ga, “Afrosiyob” esa 100% ga qimmatlashadi

photo 90
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Ushbu xabarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ quyidagicha izohladi:

Yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari so‘nggi marta 2018-yilda mahalliy yo‘nalishlarda, “Afrosiyob” elektropoyezdida esa 2019-yilda yangilangan bo‘lib, oxirgi 4-5 yildan buyon tariflar o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.

2019-yildan hozirgi kunga qadar esa respublikamizda ish haqi miqdori 2,4 barobarga, mos ravishda elektroenergiya va yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi, shuningdek, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlashni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Shu munosabat bilan poyezdlarda yo‘lovchi chiptalarining 2023-yilning 20-oktabridan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100% ga oshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.