Salomatlik

Insonning qaysi organlari o‘zini tiklash xususiyatiga ega?

photo 12
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Inson organizmi – bu mukammal biologik mexanizm. Har soniyada organizmimizda salkam 4 million, bir sutkada esa 330 milliardga yaqin hujayralar yangilanadi. Bu jarayon “regeneratsiya” deb ataladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoroisharif.uz nashriga bu haqda ma’lumot berib o‘tdi.

Xo‘sh, insonning yana qaysi organlari o‘zini regeneratsiya qilish xususiyatiga ega?

Jigar – inson organizmining asosiy filtri. Bu noyob organ qonni toksinlardan tozalash va muhim moddalarni sintez qilish kabi funksiyalarni bajarish bilan birga, turli omillar ta’sirida zararlangandan so‘ng o‘z faoliyatini tiklash xususiyatiga ham ega.

Jigarning 75% cha qismi olib tashlanganda ham u bir necha oy ichida asl hajmiga qayta olishi mumkin. Bu jarayon jigarning asosiy hujayralari hisoblangan gepatotsitlar bo‘linishi va ular nobud bo‘lgan yoki zararlangan hujayrlarning o‘rnini bosishi orqali ro‘y beradi.

Teri – inson organizmini tashqi ta’sirlardan himoya qiluvchi birinchi “to‘siq” hisoblanadi. Terida kichik yara yoki jarohat paydo bo‘lganda epidermis hujayralari – keratinotsitlar o‘zini o‘zi tiklashni boshlaydi. Bunda, xuddi jigarda bo‘lgani kabi hujayralar bo‘linib zararlangan hujayrlar o‘rnida yangilarini shakllantiradi. Buning natijasida esa yara tezroq tuzalib, terining silliqligi va tarangligi qaytadi.

Suyak to‘qimalari ham o‘zini regeneratsiya qilish xususiyatiga ega, ammo buning uchun ko‘proq vaqt talab etiladi. Suyak to‘qimalarining tiklanishida ikki hujayra – osteoblastlar va osteoklastlar asosiy rol o‘ynadi. Ularning biri yangi suyak to‘qimasining shakllanishiga javob bersa, ikkinchisi zararlangan hujayrlarni organizmdan olib tashlash (rezorbsiya) vazifasini bajaradi.

Ya’ni, suyak to‘qimasi shikastlangandan so‘ng osteoblastlar yangi to‘qimalar, kollagen qatlamlarini shakllantirib, ularni kalsiy va fosfor kabi minerallar bilan boyitadi. Bu shikastlangan bo‘g‘imning mustahkamligini tiklash imkonini beradi. Muntazam jismoniy mashqlar ham shikast yetgan sohada qon aylanishi va tiklanish jarayoni tezlashishiga yordam beradi.

Umuman olganda, inson organizmidagi ko‘plab organ, to‘qima va mushaklar u yoki bu darajada o‘zini regeneratsiya qilish xususiyatiga ega. Sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish esa ichimizda uzluksiz kechayotgan yangilanishlar jarayonini yanada tezlashtirish imkonini beradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.