Özbekiston

Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Ipoteka to‘g‘risida” gi qonunga hamda “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi yo‘riqnomaga muvofiq, Bankning imtiyozli kreditiga olingan namunali uy-joyni kredit qarzdorligini so‘ndirmasdan uy-joyni boshqa shaxsga faqat bankning roziligi bilan sotish mumkin.

“Garov to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq rasmiylashtirilgan ipoteka shartnomasiga uy-joyni o‘zini garov sifatida quyilganligi sababli, kredit qarzi to‘lagandan keyin kreditor (bank) ning roziligi va shartlariga asosan sotish mumkin. Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni notariuslar tomonidan kredit qarzdorligini so‘ndirmasdan uy-joyning oldi-sotdisi shartnomasi notarial tartibda amalga oshirilmaydi. Faqatgina qarz beruvchi qarz oluvchining to‘lov qobilyati yo‘qolganda, to‘lov qobilyati yo‘qolganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Qarz beruvchining roziligi bilan ipoteka shartnomasining tomonlari o‘zgartirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga muvofiq, qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bu holat fuqarolik qonunchiligiga asosan majburiyatda qarzdorning almashishi hisoblanadi.

Bank tomonidan uy-joy ta’qiqdan olinganligi to‘g‘risida ma’lumot bergandan keyin uy-joyning qayta ipoteka shartnomasi tuzish orqali tomonlar o‘zgarishi mumkin.

Ilhomjon Saidov, Buxoro tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi Bosh yuriskonsulti, 3-darajali yurist.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.