Buxoro yangiliklari

Jizzaxlik hamyurtlarimiz Navro‘zda Buxoroni sayohat qilishdi

photo 143

Loading

Navro‘z ayyomini hamma o‘zgacha shukuh va tayyorgarlik bilan kutib oladi, jumladan, Jizzaxlik bir qator sayohatchilar ham bu yilgi bayramni noodatiy tarzda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida Buxoroda kutib olishdi.
Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat Mehnat inspeksiyasi hodimlarining Buxoro bo‘ylab 3 kunlik sayohati tashkil etildi. Sayohat dasturi davomida xodimlar Ark qal’asi, Minorai Kalon, Mir Arab va Ulug‘bek madrasasi, Chashmayi Ayub, Chor Minor va Bahouddin Naqshband maqbarasiga ziyorat qilishdi.
Bundan tashqari, sayohatning so‘nggi kunida qadimiy Buxoro amirligining eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri bo‘lgan Sitorai Mohi-Xossa majmuasida bo‘lib, bir olam taassurotlarga ega bo‘lishdi.

photo 144

Eslatib o‘tamiz, ichki turizm salohiyatini yanada oshirish hamda buni keng jamoatchilikka targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bu kabi sayohatlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.