Buxoro yangiliklari

Buxoroda Hayit kuni eski “Kritiy bozor” yonida pichoq bilan qurollangan shaxs fuqarolarga hujum qilgani rost (–mi?)

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Telegramdagi “Bukhara Info” nashri obunachilaridan biri bugun, 10-aprel kuni soat 21:00 lar atrofida o‘z bilan sodir bo‘lgan voqea bilan bo‘lishdi.

Obunachi va uning do‘sti shahardagi Turon bank Buxoro viloyat filiali tomondan Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi va Islom Karimov ko‘chasi kesishmasidagi chorrahaga qarab (Buxoro savdo majmuasi) avtomashinada harakatlanib borayotgan vaqtida 3 nafar noma’lum shaxslar yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tmoqchi bo‘lishadi.

“Peshexod” yo‘qligi uchun to‘satdan yo‘lga chiqib qolgan fuqarolarni ko‘rib qolgan haydovchi avtomashinasini to‘xtatishga ulguradi hamda ularga yo‘l berish uchun kutib turadi. Shunda piyodalardan 2 nafari yo‘l chetida qolishadi, 1 nafar fuqaro esa qo‘lida oshxona pichog‘i bilan mashina tomon hujum qilish uchun yugurib kela boshlaydi. Voqeaning bevosita ishtirokchisi bo‘lgan obunachi avtomobilini orqaga olib, chap berib, qochishga muvaffaq bo‘ladi.

Shu zahoti o‘sha hududda xizmatga jalb etilgan ichki ishlar xodimlari hodisani ko‘rib qolishadi hamda pichoq bilan qurollangan fuqaroni hibsga olishadi.

Buxoro viloyati IIB xodimlarining nashrga aniqlik kiritishlaricha, qo‘lga olingan fuqaro mast holatda bo‘lgan hamda voqea oqibatida jabrlanganlar mavjud emas.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishacha, mast holatda bo‘lgan fuqaro bundan oldin sudlangan va koloniya tartibidagi jazoni o‘tash joyidan qaytib kelgan.

Batafsil ma’lumot Buxoroisharif.uz internet nashrida keyinroq e’lon qilinadi.

Shu o‘rinda barcha fuqarolarimizdan muborak Ramazon hayiti bayrami kunlari yanada hushyor bo‘lib, shubhali kimsalar yoki hodisalarga guvoh bo‘lgan taqdirda, zudlik bilan yaqin oradagi IIB xodimlariga yoki 102 qisqa raqami orqali tezkor xizmat vakillariga bildirishlarini so‘rab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, viloyat IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 8-aprel kunidan boshlab Buxoro viloyatining barcha hududlarida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholini turli ko‘ngilsiz hodisalardan himoya qilish maqsadida keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Bunda, asosan odamlar gavjum bo‘ladigan joylar, bozorlar, savdo komplekslari, istirohat bog‘lar va boshqa shu kabi jamoat joylarida xavfsizlik talablari kuchaytirilib, ayrim obyektlarda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.