Buxoro yangiliklari

Buxoro tumani: Gala-Osiyo shahridagi “Oqshom” to‘yxonasida 50 kishi ovqatdan zaharlangan

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Joriy yilning 12-aprel kuni, kech soat 22:00 lar atrofida Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga qorinda og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish va umumiy holsizlikka shikoyat qilib bemorlar murojaat qilgan. Bu haqda Buxoroisharif.uz ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qildi.

Barcha bemorlar Buxoro tumani, Gala-Osiyo shahri, Zarafshon ko‘chasida joylashgan “Oqshom” to‘yxonasida ovqat iste’mol qilish natijasida ushbu shikoyatlar kelib chiqqanini bildirishdi.

Zudlik bilan Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga barcha vrachlar safarbar etilib, shuningdek, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham tegishli mutaxassislar jalb etildi va murojaat qilganlar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi.

Barcha bemorlarga “O‘tkir diareya, Gastritik va gastroenteritik shakli, o‘rta og‘irlikda kechishi. Ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yildi va tegishli infuzion terapiya boshlandi. Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga 13-aprel soat 03:00 ga qadar jami 16 nafar bemor (4 nafar bolalar, 12 nafar katta yoshdagilar) murojaat qildi.

Bundan tashqari, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaga ham xuddi yuqoridagi shikoyatlar bilan jami 37 nafar bemorlar (9 nafar bola va 28 nafar kattalar) murojaat qildi. Ularga ham “O‘tkir diareya, Gastritik va gastroenteritik shakli, o‘rta og‘irlikda kechishi. Ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yilib, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan konsultatsiya o‘tkazilib, infuzion terapiya boshlandi. Dori-darmon vositalari yetarli miqdorda ta’minlandi.

13-aprel ertalab soat 09:00 holatida Buxoro tumanida davolanayotgan 11 nafar bemor va Vobkent tumanidan davolanayotgan 32 nafar bemorlarning ahvoli yaxshilanib, qoniqarli ahvolda uyiga javob berilgan.

Kun davomida qolgan bemorlar ham ahvoli yaxshilangach uyiga javob beriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.