Buxoro yangiliklari

Mahallalarda sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar muhokama qilindi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun, 5-avgust kuni viloyat hokimligi binosida viloyat hokimi Botir Zaripov rahbarligida mahallalarda sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga shart-sharoit yaratib bergan omillar hamda kelgusida bu turdagi jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i I. Tursunov, viloyat prokurori U. Hamdamov, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i M. Umarov, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar boshliqlari ishtirok etdi. Shuningdek, tumanlar va shaharlar studiyalaridan videokonferensaloqa shaklida tuman-shahar sektorlari rahbarlari, tuman-shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, viloyat studiyasidan ishtirok etuvchi viloyat tashkilotlarining tuman-shahar bo‘limlari boshliqlari, “mahalla yettiligi” qatnashdi.

Unda joriy 25-iyul kuni Buxoro shahridagi “Bahouddin Naqshband” mahallasida sodir etilgan bosqinchilik, 27-iyul kuni G‘ijduvon tumanidagi “Taxtaxon” mahallasida sodir etilgan qotillikka suiqasd, 30-iyul kuni Buxoro tumani “Rabotak” va Peshku tumani “Chibog‘oni” mahallasida, 31-iyul kuni Kogon shahar “Arabxona” mahallasida sodir etilgan qotillik jinoyatlari muhokama qilindi.

Mazkur jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar tahlil qilindi. Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlar, jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.