Buxoro yangiliklari
Buxorodagi “ekstrenniy”da murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali mutaxassislari tomonidan navbatdagi nisbatan murakkab, yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti – laparoskopik krurorafiya, oshqozon dor usulida fundoplikatsiya operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Yaqinda RSHTYIM Buxoro filialiga 1961-yilda tug‘ilgan bemor H. X. qabul qilingan. Unda epigastral va to‘sh orti sohasidagi og‘riq, ko‘ngil aynishi va ko‘p marta qusish, zarda qaynashi, kekirish va umumiy holsizlik kuzatilgan. Bemor qabulxona bo‘limida standart asosida kerakli tekshiruvlardan o‘tgach, unda diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi, og‘riq sindromi bilan tashxisi qayd qilingani sababli shoshilinch xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.
Shundan so‘ng mutaxassis shifokorlar o‘zaro maslahatlashuvidan so‘ng bemorda kaminvaziv yuqori texnologik operatsiyasi muassasa bosh vrachi F. Haydarov, yetakchi endoxirurg F. G‘ulomov, bo‘lim mudiri Sh. Abdurahmonov, xirurg F. Xoliqovlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Aytish joiz-ki, yosh o‘tgan sayin kishi organizmida muskul hamda bog‘lov tizimidagi atrofik yoki degenerativ o‘zgarishlar natijasida tana umumiy tonusi sustlashib boradi. Shu jumladan, qizilo‘ngachning bog‘lov tizimi zaiflashib, diafragma teshigi kengaya boshlaydi. Bu jarayonga qo‘shimcha omillarning qo‘shilishi, ya’ni qorin bo‘shlig‘ida bosimning oshishi diafragma churralarini keltirib chiqaradi.
Diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari bu qorin bo‘shlig‘ida joylashgan ayrim a’zolarning ma’lum sabablarga ko‘ra ko‘krak qafasiga chiqishidir. Ko‘pgina hollarda ko‘krak qafasiga qizilo‘ngachning distal va oshqozonning proksimal qismlari chiqishi kuzatiladi. Shuning uchun ham yuqorida qayd etilgan churra turi 50 yoshdan oshgan odamlarning deyarli yarmida uchraydi. Yoshlarda esa bog‘lov tizimi va yog‘ to‘qimasining butunligi oshqozon qismining ko‘krak bo‘shlig‘iga o‘tishiga yetarlicha to‘sqinlik qilishi sababli ushbu patologik holat kamroq uchraydi.
Ilgari bu singari bemorlar chet el yoki poytaxt yetakchi klinikalarida iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan qiynalgan holda, katta mablag‘ evaziga davolanishga majbur bo‘lishgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi