Buxoro yangiliklari

Vobkentda paxta yig‘im-terimi boshlandi

photo

Loading

Vobkent tumanidagi fermer xo‘jaliklari dalalarida ko‘p yildirki, yetishtirib kelinayotgan “Buxoro-6”, “Buxoro-8”, “Buxoro-10”, “Buxoro-102” navlari o‘zining ertapisharligi, hosildorligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi va tola sifati bilan respublikamiz, qolaversa, xalqaro paxtachilik sanoatida o‘z o‘rniga ega. Muddatida va sifatli o‘tkazilgan defoliatsiya g‘o‘za barglarini to‘liq to‘kilishini ta’minlashi barobarida qator oralaridan shamol o‘tishi va ko‘saklarga quyosh nurining ko‘proq tushishi natijasida barvaqt pishib yetilishi va ochilishiga qo‘shimcha imkon yaratadi.

Tumandagi “Shirin” MFY dagi “Qundi Gavhar” fermer xo‘jaligi paxta dalalarida yetishtirilgan barakali hosilni saranjomlash, qabul maskaniga topshirish ishlari jadallik bilan boshlangan. Bu xo‘jalik paxtazorlarida 50 nafardan ortiq ko‘makchi terimga tushgan.

“Qundi Gavhar” fermer xo‘jaligi bu yil jami 32 gektar yerda sanoat uchun qimmatbaho xom ashyoning «Buxoro 8» navidan ekib parvarishlab, bundan hademay 70 tonnaga yetkazib “oq oltin” xirmoni barpo qilishni maqsad qilmoqda.

Umuman, joriy yilgi mavsumda Vobkent tumani miqyosida 10 ming gektar yerda sanoat uchun qimmatbaho xom ashyo yetishtirilayotgan bo‘lsa, shundan ayni kunda bevosita paxtachilikda band bo‘lgan 300 tadan ortiq fermer xo‘jaligining 6 332 gektar yeridagi “oq oltin”ni nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga uyushqoqlik bilan kirishilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.