Buxoro yangiliklari

Qurol saqlashda yangilikdan xabardormisiz?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022 yil 31 maydagi Qonuni qabul qilingan. Shu munosabat bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritildi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-avgustda “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220-1-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi va 28-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida” gi Qonunlari kabul qilindi.

Jumladan, Jinoyat kodeksining 247, 248, 249-moddalari va Ma’muriy kodeksining 185, 220, 221-moddalariga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritilib, o‘qotar bo‘lmagan qurollar (pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq, qurol va elektroshok kurilmalari) va o‘qotar kurolning asosiy qismlari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari belgilandi.

Ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshi 21 dan 25 yoshgacha oshirilgan. Fuqaroviy ov quroli magazinining ruxsat etilgan sig‘imi 10 donadan 5 donagacha kamaytirilgan, fuqaroviy qurolga egalik qilishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarga ko‘shimcha ravishda quyidagilar kiritilib, ular yuzaga kelganda, qurolni zudlik bilan olib qo‘yish mexanizmi belgilangan.

Shuningdek, qonunchilikka muvofiq 1 tadan ortiq qurolga egalik qilish uchun har yili bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Stvolli (nareznoy) o‘qotar ov qurolini, shu jumladan, aralash o‘qotar qurolni yoxud yarim avtomat silliq stvolli o‘qotar ov qurolini va uning o‘q-dorilarini, o‘qdon (baraban) sig‘imi to‘rt dona patrondan ortiq bo‘lgan silliq stvolli o‘qotar ov qurolini, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov quroliga egalik qilish staji 10 yil sifatida belgilangan.

Birinchi marotaba fuqaroviy qurolni (o‘zini o‘zi himoya qilish, gazli va elektroshoker qurilmalari bundan mustasino) olishda quroldan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida majburiy o‘qitish tartibi joriy qilinmoqda. Quyidagi hollarda qurolni zudlik bilan olib qo‘yish mexanizmi belgilangandi: birinchidan, qasddan jinoyat sodir etilganlik uchun sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlanganligidan qat’iy nazar, (10 yil davomida), ikkinchidan, qurol egasi yoki qurolga egalik qilish istagini bildirgan fuqaro va u bilan birga yashovchilarga nisbatan qoralovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.
Yuqorida keltirilgan qonunlar bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda shaxsni o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik qurolini ixtiyoriy ravishda topshirganda ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

Hurmatli fuqarolar, agar sizning egaligingizda qonunga xilof tarzda pnevmatik qurollar bo‘lsa, ixtiyoriy ravishda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirishingizni so‘rab qolamiz. Aks holda, bu hatti-harakatingiz qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishingizga asos bo‘lishini ma’lum qilamiz.

Buxoro shahar IIO FMB

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.