Buxoro yangiliklari

Buxoro (va Kogon) shahrida suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi

suv

Loading

Xabaringiz bor, Buxoro shahrining yirik suv tarmoqlarida yuzaga keladigan nosozliklar tufayli butun shahar va atrofidagi hududlar bo‘ylab suv ta’minoti to‘xtatilishiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur muammoni hal qilish maqsadida, shahardagi mavjud 1960-yillarda o‘rnatilgan suv bog‘lagichlarni (zulfin) yangilariga almashtirish ishlari belgilangan bo‘lib, ishlar natijasida, kelgusida yirik suv tarmoqlarida yuzaga keladigan nosozliklarni (avariya holatlarini) aynan hududlar kesimida, ya’ni, butun shahar va atrofidagi hududlarda suv ta’minotini to‘xtatmasdan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shu bois, Buxoro shahrining bir qator manzillarida suv quvurlaridagi zulfinlarni (zadvijka) yangisiga almashtirish ishlari amalga oshiriladi:

🔴 Islom Karimov va Piridastgir ko‘chalari kesishmasi — ∅600 mm;
🔴 Alpomish va Navoiy shoh ko‘chalari kesishmasi — ∅300 mm;
🔴 Gazli shoh ko‘chasi, “Safkarda” aholi punkti — ∅300 mm;
🔴 Gazli shoh ko‘chasi, “Oqmasjid” aholi punkti — ∅300 mm;
🔴 Ibn Sino ko‘chasi, “Oqmasjid” aholi punkti — ∅300 mm;
🔴 Gazli shoh ko‘chasi, “Geofizika” aholi punkti — ∅300 mm;
🔴 Gazli shoh ko‘chasi, “Ko‘ksaroy” aholi punkti — ∅300 mm.

photo 01

Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 3-oktabr kuni soat 23:00 dan 4-oktabr kuni soat 23:00 ga qadar (umumiy ~24 soat) Buxoro va Kogon shaharlari hamda atrofidagi hududlarda vaqtinchalik suv ta’minoti to‘xtatildi.

Picsart 24 10 04 00 19 51 038

“Buxoro suv ta’minot” MChJ aholidan o‘z ehtiyojlari uchun suv zahirasini yaratishlarini so‘rab qolmoqda. Shuningdek, suvga bo‘lgan yuqori ehtiyojini qondirish maqsadida 8 ta maxsus suv tashuvchi transport orqali ichimlik suvini yetkazish yo‘lga qo‘yildi.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 65-221-17-27, (+998) 65-228-04-62, (+998) 90-512-93-28, (+998) 99-502-80-00, (+998) 91-312-23-08, (+998) 93-658-45-40, (+998) 90-718-13-00, (+998) 99-703-86-06.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.