Buxoro yangiliklari

Hindiston televideniyasida Buxoro haqida ko‘rsatuv namoyish etiladi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Joriy yilning 3- va 4-oktabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab xizmat safarida bo‘lgan Hindiston davlatining Bollylands.com teleshousi vakillari Buxoroda ham tasvirga olish ishlarini amalga oshirdi.

photo 03

Ijodiy guruh vakillari shaharning sayyohlik salohiyati to‘g‘risidagi ko‘rsatuv va targ‘ibot materiallarini tayyorlash maqsadida “Ark” qo‘rg‘oni, “Labi Hovuz” ansambli, “Poyi Kalon” majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi hamda Chashmai Ayub kabi qator madaniy meros obyektlarida, shuningdek, hunarmandchilik markazlarida ham bo‘lib, Buxoroning qadimiyligi, ayniqsa, qadimiy arxitektura namoyishlari jozibasini ko‘rib hayratlanishdi.

photo 02

E’tirof etish joizki, Buxoroning turizm salohiyati to‘g‘risidagi materiallar Hindiston televideniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalarida, qolaversa, butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.