Buxoro yangiliklari

Bugun, 8-oktabrdan boshlab Buxorodan qatnovchi “Afrosiyob” elektrpoyezdlari jo‘nash vaqti o‘zgaradi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

“Temiryo‘lekspress” AJ dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 8-oktabrdan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi, xususan, qatnovlar vaqti 1 soat oldinga ko‘chiriladi.

Yangi jadval bo‘yicha ertalab jo‘nash vaqti:
768-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:27 — Buxoro 11:38;
770-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:54- Buxoro 12:11;
778-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 06:03- Buxoro 10:14;
Yangi jadval bo‘yicha tushdan keyin jo‘nash vaqti:
772-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 19:39 — Buxoro 00:01;
767-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:24 — Toshkent 20:38;
769-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalish: Buxoro 15:00 — Toshkent 19:19.

Shuningdek, “Afrosiyob” ning boshqa yo‘nalishlarida ham o‘zgarish kiritildi:
Ertalab jo‘nash vaqti:
764-sonli Toshkent — Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 06:28 — Qarshi 10:07;
766-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 06:51 — Samarqand 09:21;
774-sonli Toshkent — Shahrisabz yo‘nalishi: Toshkent 06:28- Shahrisabz 11:12.
Tushdan keyin jo‘nash vaqti:
763-sonli Qarshi — Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10;
765-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 17:39 — Toshkent 20:12;

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi kiritgan ushbu taklifdan maqsad xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlashdir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.