Buxoro yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari nega Buxoro viloyatiga keldi?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Ayni damda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatidagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishlari davom etmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar qilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan viloyatda energetika xavfsizligini ta’minlashda kuz-qish davriga munosib tayyorgarlik ko‘rish, aholi va ijtimoiy soha obyektlari hamda iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish, energiya tejamkorligini ta’minlash, energiya resurslaridan foydalanishda isrofgarchilikni kamaytirish borasidagi qonun hujjatlari ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Viloyatda 99 mingta uylarning nostandart gaz yondirgichlarini zamonaviysiga almashtirish hisobiga 99,3 mln kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha “Yo‘l xarita” si tasdiqlangan. Bugungi kunda 69,7 mingta nostandart gaz jihozlari zamonaviy yondirgichlarga almashtirilishi ta’minlandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Buxoro shahridagi “Imom Buxoriy” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi bilan mahalla binosida sohaga mas’ul idora vakillari ishtirokida gazni iqtisod qilish uskunalarining afzalliklari, ularning ishlatilishi va xavfsizligi xususida tushuntirishlar berilib, tadbir davomida ushbu mahallada yashovchi 15 nafar hamda shaharning “Ko‘kaldosh”, “Hamid Olimjon” va “Alisher Navoiy” mahallalarida yashovchi jami 50 ta ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga gazni iqtisod qilish uskunalari bepul tarqatilib, soha mutaxassislari tomonidan ushbu jihozlarning xonadonlarga o‘rnatib berilishi ta’minlandi.

Ushbu nostandart gaz jihozlari almashtirilishi natijasida 50 ta xonadon mavsum davomida oyiga 5 400 kub metr yoki 3,5 mln so‘m hamda kuz-qish mavsumida 21 600 metr kub yoki 14 mln so‘mlik tabiiy gazni iqtisod qilinishiga erishildi.

Shuningdek, ushbu mahallada istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar N. Saloyeva va M. Mavlyanovlar xonadoniga 3 kvt li energotejamkor quyosh panellari ham bepul o‘rnatib berildi.

photo 02

Bundan tashqari, ishchi guruhi tomonidan mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar ahvoli o‘rganilib, Davlat rahbarining joriy yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 330-son Qarori ijrosi yuzasidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ro‘yxatidagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli o‘rganishlar o‘tkazish, mazkur oilalarning ishsiz va yordamga muxtoj a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib ularni daromadli qilish, ijtimoiy iqtisodiy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha har bir oila kesimida individual rejalar tuzib, zarur choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.