Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi yangi qurilayotgan “dom” larda ishlar qanday ketmoqda?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Ayni damda Buxoro shahrida 2018–2021-yillar davomida renovatsiya davlat dasturi doirasida 59 ta 2-3 qavatli uy-joylar (788 ta xonadon va 136 ta noturar obyektlar) buzilib, o‘rniga zamonaviy loyihalar asosida 3 640 xonadondan iborat 69 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan edi.

Bugungi kunda 61 ta uy-joy qurib foydalanishga topshirilgan. Hozirgi kunda 8 ta obyektda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Xususan, “Yevro Xaus” MChJ tomonidan barpo etilayotgan Sadriddin Ayniy ko‘chasi, 17-uyning 2 ta lift qurilmasi uchun xulosa olish, “Muhabbat imkon qurilish” XK tomonidan qurilayotgan Muhammad Iqbol ko‘chasi 6/1-uyni doimiy elektr tarmog‘iga ulash, 2 ta lift qurilmasi va deraza oynalarini o‘rnatish, “Xumo Aziya” MChJ tomonidan qurilayotgan Sadriddin Ayniy ko‘chasi, 17/1-uyni doimiy elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi tarmog‘iga ulash, “Ramzes Chandir” MChJ tomonidan Islom Karimov ko‘chasida barpo etilayotgan uyning lift qurilmalari va quyosh panellarini o‘rnatish, shuningdek, tom qoplama ishlarini amalga oshirish, obyekt hududini obodonlashtirish zarur.

Ushbu ishlarning borishini ko‘zdan kechirish maqsadida bugun viloyat hokimi B. Zaripov va Buxoro shahri hokimi Q. Tursunov qurilish obyektlarida bo‘lishdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi. Rasmiy axborotda aytilishicha, qurilish ishlarini yakunlash va uy-joylarni kam-ko‘stsiz foydalanishga topshirish bo‘yicha qo‘shimcha muddat belgilandi.

— Yillab peshona teri evaziga pul to‘plab, uy-joy olaman deb yaxshi niyat qilgan odamlar shuncha yildan beri sarson-sardon bo‘lib yuribdi. Ularning aybi nima? Sabr-bardoshning ham chegarasi bor. Endi buyog‘iga yo ularning oldida yuzingiz yorug‘ bo‘ladi, yoki qattiq choralar ko‘riladi — Botir Zaripov, Buxoro viloyati hokimi.

Shuningdek, qurilish me’yorlari va sifat talablarining buzilishiga, uylarning foydalanishga qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirishda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi aytib o‘tildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.